Toshkentda dorifurushlar qo‘lga olindi
Yakkasaroy tumanida dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.U. o‘tkazish maqsadida boshqa shaxslardan olib kelgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 300 quti (jami 1 500 dona) “Ferrozal” nomli dori vositasini fuqaro T.A.ga 21 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning avtomashinasidan yana 4 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter