Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari 15 mln so‘m bilan qo‘lga tushdi

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari 15 mln so‘m bilan qo‘lga tushdi

Tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «B.S.T.» AJ abonentlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.R. YaTT A.X.ga tegishli binoda ichimlik suvidan foydalanishning qonuniyligi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, ish boshqaruvchi O.Z.ga bu haqda tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha 15 mln so‘m zarar hisoblanishini aytib uni aldab, tadbir jarayonida O.Z.dan 14,9 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring