«Toshkent – Buxoro – Toshkent» yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

«Navro‘z» bayrami hamda Ramazon Hayiti munosabatlari bilan bayramoldi va bayram kunlari yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yuqori tezlikda harakatlanuvchi 778/777-sonli «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yo‘nalishida qatnovchi «Afrosiyob» elektropoyezdi joriy yilning 20, 25, 31-mart va 1-aprel kunlari qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi.
Elektropoyezd qatnovi quyidagi jadval asosida tashkillashtiriladi:
- 778-sonli «Toshkent — Buxoro» yo‘nalishi
Toshkent 06:03 — Buxoro 10:14.
- 777-sonli «Buxoro — Toshkent» yo‘nalish
Buxoro 17:55 — Toshkent 22:08.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter