Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi ayanchli halokatda uch kishi qurbon bo‘ldi

Samarqanddagi ayanchli halokatda uch kishi qurbon bo‘ldi

Samarqandda sodir bo‘lgan YTH natijasida 3 nafar fuqaro vafot etdi. 

2024 yil 29 iyul kuni soat 12:30larda Samarqand viloyati, Urgut tumani, "Xo‘jaguzar" MFY hududidan o‘tuvchi "Urgut-G‘o‘s-Avazmergan" avtomobil yo‘lining 5-kilometrida 2003 yilda tug‘ilgan "Cobalt" rusumli avtomobil haydovchisi "Urgut-G‘o‘s" yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan. So‘ngra yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. 

Hodisa natijasida "Damas" rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yana ikki nafar "Damas" yo‘lovchilari va "Cabalt" avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hozirda Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring