Yana bir yirik davlat BRIKS a’zosiga aylandi
Braziliya Tashqi ishlar vazirligi Indoneziya 6 yanvar kuni BRIKSga to‘laqonli a’zo bo‘lganini ma’lum qildi.
2025-yilda tashkilotga Braziliya raislik qiladi.
Ularning ta’kidlashicha, hamjamiyat a’zolari 2023- yil avgust oyida Yoxannesburg sammitida Indoneziya nomzodini ma’qullagan, biroq qabulni bir yildan keyin bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarigacha qoldirgan.
Braziliya tashqi ishlar vazirligi Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng ko‘p aholi va eng yirik iqtisodiyotga ega Indoneziya tashkilot talablariga to‘liq mos kelishi va global janubdagi hamkorlikni chuqurlashtirishga ijobiy hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.
1-yanvar kuni Indoneziya va boshqa bir qancha davlatlar (jumladan, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston) BRIKS bo‘yicha hamkorlar maqomini oldi. O‘tgan yili tashkilotga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qo‘shilgan edi.
Indoneziya BRIKSga qo‘shilish istagini 2010-yilda, Janubiy Afrika ushbu tashkilotga qo‘shilganida bildirgan. O‘shanda Rossiya tomoni ittifoqning kengayishiga ijobiy qarashlarini bildirgan va a’zolikka nomzodlar uchun tartib va talablarni belgilashni taklif qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter