Xitoyga Yangi yil kirib keldi
![Xitoyga Yangi yil kirib keldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/920__95_205272111.jpeg)
Xitoy Yangi yil kirishini nishonladi — Ajdarho yili o‘z o‘rnini Yashil daraxt iloni yiliga bo‘shatib berdi. Yil almashishi 29-yanvarga o‘tar kechasi (bizning vaqt bilan 28-yanvar soat 21:00)ga to‘g‘ri keldi.
Xitoyda Yangi yilni, shuningdek, Bahor bayrami yoki Chunsze deb atashadi. Bayram ikki hafta nishonlanadi. Bu paytda jami xitoyliklar oilalari davrasida bo‘lish uchun tug‘ilib o‘sgan joylariga oshiqishadi, buning mamlakat transport tizimiga yuki yaxshigina seziladi.
Ayyom arafasida uyushtirilgan katta konsertni tomosha qilish uchun millionlab oilalar televizorlar qarshisida mixlanishadi. Xitoy Markaziy televideniyesi (CCTV)ning ushbu jonli efiri mamlakatda yilning eng ommalashgan va kutilgan televizion voqeasi hisoblanadi. Millionlab tomoshabinlar xitoycha bayram konsert dasturini dunyoning eng ulkan teleloyihalaridan biriga aylantiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter