Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda tuzilayotgan nikohlar eng quyi miqdorga yetdi

Xitoyda tuzilayotgan nikohlar eng quyi miqdorga yetdi

Xitoyda qayd etilgan nikohlar soni eng quyi miqdorga yetdi

Xitoyda ro‘yxatga olingan nikohlar soni 2024-yilda 20 foizdan ko‘proqqa qisqardi, deb xabar bermoqda mamlakat Fuqarolik ishlari vazirligi.

O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 6,1 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yili taxminan 7,7 million edi.

Bu 1986-yilda sanash boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkich va 2013-yilda o‘rnatilgan rekordning yarmidan ko‘prog‘idir. 

Xitoyda bolalarning tug‘ilishini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun odatda nikoh guvohnomasi talab qilinadi, biroq ba’zi hududlar bu talabdan voz kechgan.

So‘nggi yillarda mamlakat o‘tkir demografik muammolarga duch keldi. 2024-yilda aholi 1,4 mlndan oshiqqa kamaydi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring