Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyda bomba o‘rnatilgan: HAMAS rahbari o‘limining yangi tafsilotlari

Uyda bomba o‘rnatilgan: HAMAS rahbari o‘limining yangi tafsilotlari

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘limiga oid yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Xaniya yashagan uyga bir oy oldin bomba o‘rnatilgan bo‘lgan. 

Uy Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi nazorati ostida edi. Portlovchi qurilma uzoqdan ishga tushirilgan. Eron rasmiylariga ko‘ra, Falastin islomiy jihod harakati yetakchisi Ziyod an-Nahala qo‘shni xonada bo‘lgan, biroq jabrlanmagan, deb yozadi  The New York Times Yaqin Sharqdagi yetti nafar rasmiylarga asoslanib. 

AQSh nashriga ko‘ra, Haniyaning o‘limi haqida birinchilardan bo‘lib Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari tarkibidagi Al-Quds maxsus kuchlari qo‘mondoni Ismoil Qani xabar topgan va u Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyni uyg‘otib, bu haqda xabar bergan. Korpus Honiyaning o‘limi haqida voqeadan to‘rt soat o‘tib e’lon qildi.

Avvalroq Eronda o‘ldirilgan HAMAS siyosiy byurosi rahbari uchun uch kunlik motam e’lon qilingan edi. Bundan tashqari, Falastin va isyonchi husiylarning «Ansor Alloh» harakati nazoratidagi Yaman hududlarida motam e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil kuchlari avvalroq HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deifning o‘lgani haqida ham xabar bergan. Lekin HAMAS buni tasdiqlamagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring