Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainaning Qozog‘istondagi sobiq elchisiga sirtdan hukm o‘qildi

Ukrainaning Qozog‘istondagi sobiq elchisiga sirtdan hukm o‘qildi

Ukrainaning Qozog‘istondagi sobiq elchisi Rossiyada sirtdan olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Moskva umumiy yurisdiksiya sudlarining hisobotida Ukrainaning Qozog‘istondagi sobiq elchisi Pyotr Vrublevskiy Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining nafrat yoki adovat qo‘zg‘atish moddasi (282-moddaning 2-qismi) bo‘yicha aybdor deb topilgani aytiladi.

2022-yilda qozog‘istonlik blogerga bergan intervyusida Vrublevskiy ukrainaliklar imkon qadar ko‘proq ruslarni o‘ldirishga harakat qilishayotganini, chunki shunda «ukrainalik bolalar kamroq o‘lim topishini» aytgandi.

Shundan so‘ng Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ushbu bayonotlar tufayli unga norozilik bildirdi, elchi uzr so‘radi va tez orada mamlakatni tark etdi.

Shu yilning mart oyida Moskva sudi Vrublevskiyni sirtdan hibsga oldi va u ham xalqaro qidiruvda edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring