Qozog‘istonda qashshoqlik darajasi keskin oshgani ma’lum qilindi
Qozog‘istonda qashshoqlik darajasi keskin oshgani ma’lum qilindi.
Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 027 516 nafar fuqaroning daromadi kambag‘allik darajasidan past.
Qashshoqlik darajasi oxirgi chorakda 4,6% dan 5,1% gacha ko‘tarildi. Eslatib o‘tamiz, 42 mingdan ortiq (0,2 foiz) aholining daromadi oziq-ovqat savatchasi narxiga ham yetmaydi.
Qashshoqlikning eng yuqori darajasi Turkiston viloyatida qayd etilgan - daromadi mintaqaviy yashash minimumidan past bo‘lgan aholi ulushi 8,8% ni tashkil qilgan.
Keyingi o‘rinlarda Jetisu va Abay viloyatlari - mos ravishda 7,8% va 7,7%. Shuningdek, Mangistau viloyatida ham yuqori ko‘rsatkich kuzatilmoqda – 7,3%.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter