Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampga kim o‘q uzgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Trampga kim o‘q uzgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasdni 20 yoshli Tomas Metyu Kruks ismli yigit sodir etgan.

U Betel-Park hududida yashagan va ro‘yxatdan o‘tgan respublikachi edi.

Suiqasdga boshqa shtatlarning aloqadorligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, dedi AQSh rasmiysi NBC telekanaliga.

Hujumchining maqsadi hozircha aniq emas. U Maxfiy xizmat snayperlari tomonidan otib o‘ldirilgan.

Avvalroq Kruks Tramp turgan sahnadan 120 metr uzoqlikda joylashgan sanoat binosi tomidan o‘q uzgan edi.

Trampga Pensilvaniyadagi miting chog‘ida bir necha marta o‘q uzgan, o‘q uning o‘ng qulog‘ining tepasiga tegib ketgan. Bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va jahon hamjamiyati Trampga uyushtirilgan suiqasdga faol munosabat bildirmoqda. AQSh prezidenti Jo Bayden shaxsan Trampga qo‘ng‘iroq qilgan. Shuningdek, AQSh sobiq prezidentlari ham Tramp bilan birdam ekanliklarini bildirishgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring