Tramp: «Kanada — hayotga layoqatli mamlakat emas»

AQSh prezidenti Donald Tramp bayonot berishicha, «amerikaliklar himoya qilishiga ishongan» Kanada o‘z mudofaasiga yetarlicha mablag‘ ajratmayapti.
«Kanada — hayotga layoqatli mamlakat emas. Kanada doim uni AQSh mudofaa qilishiga ishonadi va shu bois armiya xarajatlarini iqtisod qilmoqda», — ta’kidladi Tramp.
Kanada va Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini Tramp ko‘p aytgan. Bundan tashqari, u Panama kanalini ham Qo‘shma Shtatlar nazoratiga qaytarmoqchi. Trampning bayonotlarini Kanada, Daniya va Panama hukumatlari keskin qoraladi.
Avvalroq Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Tramp hazillashmayotganligi va u Kanadani Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kuch ishlatib qo‘shib olishdan ham qaytmasligi ehtimolidan ogohlantirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter