Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada AQShlik jurnalist 16 yilga qamaldi

Rossiyada AQShlik jurnalist 16 yilga qamaldi

Rossiyada amerikalik jurnalist, Wall Street Journal muxbiri Evan Gershkovich 16 yilga qamaldi. 

Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik jurnalist Evan Gershkovichni josuslikda ayblab, 16 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qildi.

Ayblovchi tomoni unga nisbatan uzoqroq — 18 yil qamoq jazosini so‘ragan.

Rossiya Jinoyat kodeksida josuslik uchun (276-modda) nazarda tutilgan maksimal jazo 20 yil qamoq jazosi hisoblanadi.

Gershkovich 2023 yilning mart oyida WSJ tahririyati topshirig‘i bilan xizmat safari bilan kelgan Yekaterinburgda hibsga olingan edi. Jurnalist 15 oyni Moskvadagi Lefortovo tergov hibsxonasida o‘tkazdi.

Gershkovich aybini tan olmaydi va uning faoliyati sof jurnalistik ekanligini ta’kidlaydi. WSJ muharrirlari ham ayblovlarga qo‘shilmaydi va ishni uydirma deb ataydi.

Gershkovich zamonaviy Rossiya tarixida josuslikda ayblangan birinchi amerikalik jurnalist bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring