Qozog‘iston nefti necha yilga yetishi aytildi
Deputat Edil Janbirshin Qozog‘iston Majlisining bugun bo‘lib o‘tgan hukumat soatida yaqin 15 yil ichida mamlakatning uglevodorod zaxiralari tugashi mumkinligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda davlatga qarashli uglevodorod xom ashyosi konlari soni 548 ta bo‘lib, umumiy neft zaxirasi 4,3 mlrd tonnani tashkil etadi.
«Uglevodorod xom ashyosining 72 foizi yirik Tengiz, Qashag‘an va Qarashig‘anaq konlariga to‘g‘ri keladi. 10-15 yilda bu uch yirik kondan gaz va neft olish hajmi kamayishi tayin. Bundan tashqari, kechki bosqichdagi konlarda neft va gaz olish kamaymoqda, ayrimlari to‘xtayapti... Agar geologiya-razvedka ishlari hozirgi sust holatida va neft qazib olish shu sur’atda qolsa, yaqin 15 yilda uglevodorod zaxiralari tugaydi», — dedi deputat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter