Olmaotadagi tuman tufayli ikkita reys Toshkentga kelib qo‘ndi

Olmaota aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita reys Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
«Loong Air» aviakompaniyasining Xanchjoudan Olmaotaga uchgan GJ8217 reysi 17 fevral kuni soat 23:05 da qo‘ndi. Hozirda yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari mehmonxonalarga joylashtirilgan, manzil aeroportga uchish mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga rejalashtirilgan.
Shuningdek, «Azimut» aviakompaniyasining Mineralne Vodi – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha AZO6141 reysi mahalliy vaqt bilan soat 08:11 da Toshkentga kelib qo‘ndi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter