Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘qayev «Jomart» konidagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi

To‘qayev «Jomart» konidagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi

18 fevral kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ulitau viloyatidagi «Qozoqmis» korporatsiyasining konida o‘pirilish oqibatida halok bo‘lgan ishchilarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik yo‘lladi.

Oqo‘rda xabariga ko‘ra, davlat rahbari hukumatga favqulodda holat sabablarini chuqur o‘rganishni topshirgan.

«Tegishli boshqarmalar va viloyat hokimligiga halok bo‘lganlarning oila a’zolariga barcha zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi», — deyiladi xabarda.

18 fevral kuni ertalab «Jomart» konidan yettinchi ishchining jasadi topildi. Jasadlar kondan olib chiqilib, sud-tibbiy ekspertizasi uchun politsiya xodimlariga topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring