Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston banklari birin-ketin Rossiyadan pul o‘tkazmalarini to‘xtatmoqda

Qirg‘iziston banklari birin-ketin Rossiyadan pul o‘tkazmalarini to‘xtatmoqda

Aksariyat aksiyalari Qirg‘iziston Moliya vazirligiga tegishli bo‘lgan «Keremet» banki Rossiya banklari orqali pul o‘tkazmalarini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda bank saytida ma’lum qilindi.

«Rossiyaning Sberbank, MTS Bank, Tbank (Tinkoff) banklari va Rossiya Federatsiyasining milliy to‘lov tizimining operatori NSPK AJ mobil ilovalari orqali har ikki yo‘nalishda pul o‘tkazmalari noma’lum muddatga to‘xtatildi», deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, bank o‘tkazmalarini xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari: Zolotaya Korona, Astrasend, Western Union, Unistream va Ria orqali amalga oshirish mumkinligini ta’kidlaydi.

Bir kun avval Qirg‘izistonning MB Bank’i ham Rossiya banklari orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatilganini e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring