Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston prezidenti Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi

Qirg‘iziston prezidenti Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi

Qirg‘iziston prezidenti qirg‘iz bokschisi Munarbek Seyitbek uuluga sekundantlik qilgan  o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanovga «Treker» sovg‘a qildi.

«Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini qo‘llab-quvvatlab, birdamlik va do‘stona munosabatlarni namoyon etayotganini butun dunyo ko‘rdi. Sport tinchlik elchisi deb ataladi. O‘z misolingiz bilan o‘zaro totuvlikni mustahkamlashga hissa qo‘shdingiz. Birligimiz yanada mustahkamlanishini tilayman», — dedi Sadir Japarov.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekstonlik murabbiy sekundantlik qilgan qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring