14 yil avval yopilgan qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi
Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi «Qorasuv» nazorat-o‘tkazish punkti yaqin kunlarda ochilishi mumkin. Bu haqda qirg‘iz tomoni OAVsi yozmoqda.
Prezident Sadir Japarovning O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantayevning so‘zlariga ko‘ra, rekonstruksiya ishlari doirasida bundan 14 yil avval yopilgan «Qorasuv» nazorat-o‘tkazish punktigacha bo‘lgan yo‘llar kengaytirilgan.
«Bugungi kunda nazorat punkti ochilishga tayyor. Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegarasini kesib o‘tishi mumkin bo‘ladi», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter