Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi holatda Jo Bayden «poyga»dan chiqadi?

Qaysi holatda Jo Bayden «poyga»dan chiqadi?

Prezident Jo Bayden noyabr oyida kutilayotgan saylov bilan bog‘liq yangi savollarga duch kelmoqda, chunki uning kampaniyasi hozirda Covid 19 infeksiyasi tufayli to‘xtatilgan.

Xabarlarga ko‘ra, AQSh Kongressidagi ikki yetakchi demokratlar, Senat yetakchisi Chak Shumer va Vakillar palatasi yetakchisi Xakim Jeffris u bilan yakkama-yakka uchrashib, Oq uyga nomzodligi bilan bog‘liq xavotirlarini bildirishgan.

CNN xabariga ko‘ra, Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi ham unga noyabr oyidagi saylovlarda Donald Trampni mag‘lub eta olmasligini alohida aytib o‘tgan.

Baydenning qayta saylanish da’vosi demokratlar o‘rtasida qarama qarshillikka uchramoqda, bunga sabab, o‘tgan oy Donald Trampga qarshi o‘tkazgan debatlardagi muvaffaqiyatsizlikdir.

Chorshanba kuni 81 yoshli Baydenda Kovid infeksiyasi alomatlari borligini aniqlandi.

Karine Jan-Perning xabar berishicha, Delaverdagi uyida «barcha mas’uliyatini» bajarib, izolyasiya qilinadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident emlangan. Unda ilgari ikki marta Covid testi ijobiy natija ko‘rsatgan.

Bu saylov kampaniyasi tartibsiz va oldindan bashorat qilish qiyin bo‘lgan tezlikda ketayotganga o‘xshaydi.

Bayden so‘nggi haftada tobora ko‘proq poygadan chiqish chaqiriqlariga duch keldi.

O‘tgan hafta janob Bayden bilan bo‘lib o‘tgan alohida uchrashuvlarda janob Shumer va janob Jeffriyes o‘z xavotirlarini bildirishgan, ta’kidlanishicha, Baydenning noyabr oyidagi saylov byulletenining yuqori qismida bo‘lishi Kongressning har qanday palatasini nazorat qilish imkoniyatlariga putur etkazadi.

Bu xabarlardan so‘ng Oq uy matbuot kotibi Endryu Beyts shunday dedi: «Prezident har ikki yetakchiga ham o‘zini partiya nomzodi ekanligini aytdi, u g‘alaba qozonishni rejalashtirgan va ishlaydigan oilalarga yordam berish bo‘yicha 100 kunlik dasturni qabul qilishda o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanligini bildirgan».

Janob Jeffriyesning matbuot kotibi: «Bu shaxsiy suhbat edi va maxfiy qoladi» deya ta’kidlagan. Shumerning idorasi esa ma’lumotni «behuda spekulyasiya» deb atadi, ammo qo‘shimcha qildiki, demokratlar yetakchisi «o‘z fraksiyasi fikrlarini bevosita prezident Baydenga bildirgan».

So‘nggi haftalarda yigirmaga yaqin demokrat siyosatchilar Baydenni iste’foga chiqishga ommaviy ravishda chaqirishdi, jumladan, ular orasida Baydenni «estafetani topshirishga» chaqirgan Kaliforniyalik kongressmen Adam Shiff ham bor.

Janob Shiffning aytishicha, janob Bayden «mamlakatimiz tarixidagi eng nufuzli prezidentlardan biri bo‘lgan» va u boshqa demokratning oldinga qadam qo‘yishiga imkon berish orqali «o‘zining etakchilik merosini ta’minlashi» mumkin.

BET nashriga bergan intervyusida Bayden mantiyani bunday «bo‘lingan» mamlakatga topshira olmasligini ta’kidlagan.

Prezident, shuningdek, agar shifokorlaridan birortasi unda «kasallik» borligini aytsa, poygadan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishini birinchi marta ta’kidlagan.

Janob Bayden X ijtimoiy tarmog‘ida barchaga «yaxshi tilaklar» uchun minnatdorchilik bildirdi va u tuzalib ketguncha «Amerika xalqi uchun ishlashda davom etishini» aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring