Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pavel Durov fransuz kontrrazvedkasi bilan hamkorlik qilgan — Libération

Pavel Durov fransuz kontrrazvedkasi bilan hamkorlik qilgan — Libération

Foto: RT

Fransiyadagi tergovda Pavel Durov fransuz kontrrazvedkasi bilan aloqador bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Libération gazetasi o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Telegram asoschisi Dubayda Fransiya ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi (DGSI) vakillari bilan uchrashgan, deyiladi xabarda.

Nashr talqiniga ko‘ra, Durov bu bilan «harbiy sirdan iborat axborotni oshkor qilish o‘zi uchun noo‘rin ekaniga» ishora qilgan. Gap aynan nima haqida ketayotganini Libération tushuntirmagan.

Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, Durov «terrorizmga qarshi kurashish doirasida maxsus manzilli elektron pochta va DGSI bilan rasmiy aloqa kanali qaynoq liniyasini ochganini va natijada bir nechta teraktning oldi olinganini» ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring