Ozarbayjon mudofaa xarajatlarini oshiradi
Ozarbayjonning 2025 yilgi davlat budjetida mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga sarflanadigan xarajatlar oshadi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Davlat budjeti loyihasida kelgusi yilda mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga 8 milliard 396 million manat (qariyb 5 mlrd AQSh dollari) ajratilishi ko‘rsatilgan.
Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish Ozarbayjon Davlat neft jamg‘armasidan davlat budjetiga o‘tkazmalarni 1 milliard 700 million manatga oshirish hisobiga ta’minlanadi.
2025 yilga mo‘ljallangan xarajatlar tarkibiga qurolli kuchlar uchun 2 milliard 665,2 million, milliy xavfsizlik uchun 467 million 917 ming, chegara xizmatiga 540 million 314 ming manat ajratilgan. Shuningdek, mudofaa va milliy xavfsizlik sohasiga oid boshqa tadbirlar uchun 4 milliard 717,4 million manat mablag‘ ajratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter