Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘rta yer dengizi sohilidagi eng yirik kurort-shahar – Antaliyaga sayohat

O‘rta yer dengizi sohilidagi eng yirik kurort-shahar – Antaliyaga sayohat

Turkiya dunyo bo‘ylab sayyohlarning eng sevimli joyi bo‘lsa, Antaliya Turkiyaning eng ko‘p tashrif buyuriladigan kurorti hisoblanadi. Tabiatning go‘zalligi katta shahar jozibasi bilan shunday uyg‘unlashganki, ko‘ngilochar va o‘yin-kulgi bilan o‘tadigan hordiqning eng maroqlisini his qilish mumkin.

Antaliya – O‘rta yer dengizining yuragi va ko‘plab bozorlar, do‘konlar, kafelar, restoranlar, diskotekalar joylashgan yirik kurort-shahar. 

Sayyohlarni nafaqat kurortning dinamikasi, balki Antaliyaning tabiiy go‘zalligi ham o‘ziga maftun etadi. Dam olish maskani tepalikda - ignabargli daraxtlar o‘sgan baland tog‘ platosida joylashgan. Yuqoridan ko‘rfazning panoramasini ko‘rish mumkin. Inson tasvirlab berishga qiynaladigan darajada go‘zalligi bilan toros tog‘lari, qoyalar va qadimiy g‘orlardan shahar salobati ufurib turadi. Antaliya yaqinida sharsharalar va Nilufar ko‘li bor.

Antaliya nafaqat plyajda toblanishni, balki mahalliy madaniyat bilan tanishishni va vaqtni mazmunli o‘tkazishni xohlaydiganlar joyidir. Turkiyaning kichik kurort shaharlari faqat mavsum davomida jonlansa, Antaliyada butun yil davomida hayot qizg‘in davom etadi.

Antaliyaning o‘ziga xosliklari: katta shahar va go‘zal plyajlar

Antaliya O‘rta yer dengizi sohilidagi eng katta shahar bo‘lib, yaxshi rivojlangan infratuzilmaga ega (turli toifadagi mehmonxonalar, restoran va kafelar, tungi klublar) dam olish maskanidir.

Geografik jihatdan ham juda qulay joyda joylashgan ushbu shaharda sayyohlarning qirg‘oq bo‘ylab sayohatlari uchun ham juda qulay. Sharqda Belek kurorti, janubda Kemer tog‘li hududi joylashgan. Antaliyaning sharqiy chekkasida butun dunyodan parvozlarni qabul qiladigan ulkan aeroport mavjud. 

Antaliyada dam olishning afzal jihati:

  • Aeroportga yaqin - atigi 12 km (mehmonxonaga yo‘l taksi yoki avtobusda 15-25 daqiqa davom etadi).
  • Katta shahar - hatto 10-14 kunlik dam olish uchun ham yetarli bo‘lgan diqqatga sazovor joylarning katta tanlovi.
  • Puxta o‘ylangan logistika – deyarli barcha qiziqarli joylarga avtobus yoki mikroavtobusda borish mumkin.
  • Har qanday did uchun munosib plyajlar.
  • Yoqimli iqlim. Antaliyada yil davomida dam olish mumkin. Yozda ham dengiz shabadalari toza salqin havo olib keladi.
  • Ko‘zga tashlanadigan til to‘siqlari yo‘q. 

Antaliyaga qanday borish mumkin

Ko‘pchilik sayyohlar Antaliyani tanlaydi, chunki bu kurort yonida xalqaro aeroport bor, unga Toshkentdan charter reys bilan tez yetib borish mumkin.

Antaliyada kimlar dam olishi mumkin?

  • Oilaviy hordiq chiqarishni istovchilar: shahar O‘rta yer dengizi kurortlari orasida oilaviy dam olish uchun eng yaxshi variant.
  • Faol turmush tarzini afzal ko‘rgan odamlar. Antaliya dinamik shahar. Bu yerda keng qamrovli va arzon ko‘ngilochar dasturlar mavjud.
  • Ekskursiyani sevuvchilar uchun. Kaleichi hududiga joylashishga arziydi, bu shaharning eski qismidir.
  • Tabiat va toshli plyajlarni afzal ko‘rganlar uchun. Konyaalti hududi yoqishi shubhasiz! Bu yerda ikkita milliy bog‘ va ulkan tog‘lar mavjud.

Ko‘rishga arzigulik maskanlar

Vayron bo‘lgan Termetssos shahrida joylashgan Gulluk tog‘i milliy bog‘i.

Karaali o‘g‘li bog‘i Antaliyadagi eng katta va eng go‘zal parkdir. U dengizdan balandda joylashgan, toshli qirg‘oq bo‘ylab bir necha yuz metrga cho‘zilgan.

Karain g‘ori (Antaliyadan 30 km.) – taxminan 100 ming yillik. Turkiyadagi eng qadimgi aholi punkti joylashgan.

Quyi Duden sharsharasi - mashhur Lara plyajida. Balandligi - 40-50 m. Sharshara yaqinida kuzatuv maydoni va kichik park mavjud.

Bolalar bilan dam olish

Oilaviy dam olish uchun akvaparklar, delfinariy, hayvonot bog‘i va istirohat bog‘i mavjud. Arxeologiya muzeyi ham qiziq.

Bolalar bilan yana qayerga borish mumkin?

  • «Troya» yoki «Aqualand» akvaparki;
  • O‘ZDILEK ko‘ngilochar markazi;
  • «Aqualand» akvaparki - Antaliya va Kemer chegarasida joylashgan.

Antaliyada sayyohlik mavsumi

Antaliyada yiliga deyarli 300 quyoshli kun bor. Dam olish maskani butun yil davomida sayyohlarni qabul qiladi, ammo plyajda dam olish uchun eng yaxshi davr aprel oyining boshidan noyabr oyining oxirigacha.

Yozda havo 31-34 darajagacha, suv esa 24-29 darajagacha isiydi. Eng issiq ob-havo avgust oyida kuzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring