Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil HAMASning harbiy qanoti rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

Isroil HAMASning harbiy qanoti rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deif o‘tgan oy G‘azo sektorida Isroil havo hujumi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi ushbu mamlakat mudofaa kuchlari matbuot xizmati.

Ko‘p yillar davomida Deif Isroil harbiylarining asosiy nishoni bo‘lgan. U qamoqdan qochishga va kamida yetti marta suiqasddan omon qolishga muvaffaq bo‘ldi.

«Isroil mudofaa kuchlarining xabar berishicha, 2024-yil 13-iyul kuni qiruvchi samolyotlar Xon-Yunus hududiga zarba bergan va razvedka ma’lumotlarini o‘rganib chiqqandan so‘ng, zarbada Muhammad Deif halok bo‘lganligini tasdiqlash mumkin», — deyiladi harbiy xabarda. 

Avvalroq bu zarbaning asosiy nishoni Deif bo‘lgani xabar qilingan edi, biroq hozirgacha Isroil uning haqiqatda o‘lganini tasdiqlamadi. HAMAS esa uning omon qolganini da’vo qildi.

HAMAS Isroil harbiylarining bayonotiga hozircha izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya o‘ldirilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring