Gruziyada vazirlar va deputatlarning maoshlari salkam ikki baravar oshirildi
2025-yilning 1-yanvaridan Gruziya parlamenti deputatlarining maoshlari salkam ikki baravar oshirildi. Bu haqda NEWSGEORGIA xabar berdi.
Yangi yildan parlament deputati oyiga 8 250 lari oladi. Bu taxminan 3 ming AQSh dollariga teng. Deputatning maoshi shu paytgacha 4 624 lari edi.
Parlament spikerining oylik ish haqi 6 260 laridan 10 ming larigacha oshirildi. Bu taxminan 3,6 ming dollarni tashkil etadi. Parlament qo‘mitalari raislari va fraksiyalar rahbarlariga sal kamroq — 3,3 ming dollardan to‘lanadi.
Hukumat amaldorlarining maoshlari ham oshirildi. 1 yanvardan bosh vazir 13 300 lari (4 800 dollar atrofida), vazirlar 11 305 lari (4 ming dollarga yaqin) maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Mixail Kavelashvili 2024-yilning 29-dekabrida Gruziya prezidenti sifatida ish boshladi. U mamlakat tarixida umumxalq ovozi bilan emas, balki parlament tomonidan saylangan ilk prezidentga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter