Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziyalik qudratli oligarx «qora ro‘yxat»ga tushdi

Gruziyalik qudratli oligarx «qora ro‘yxat»ga tushdi

AQSh moliya vazirligi hukmron «Gruziya orzusi» partiyasining faxriy raisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi.

Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, Ivanishvili sanksiyalar CDN ro‘yxatiga kiritilgan.

Ushbu qaror haqida boshqa tafsilotlar hozircha berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ivanishvili mamlakatda rossiyaparast kuchlarning rahnamosi sifatida ko‘riladi. Dastlab Gruziyada xorijiy agentlar bo‘yicha qonun qabul qilindi, so‘ngra saylovlar bo‘yicha mashmashalar kelib chiqdi. Saylov natijalari katta norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Muxolifat natijalarni tan olmadi. 

Saylov kollegiyasi tomonidan yangi rahbar saylanganiga qaramay, Gruziyaning amaldagi prezidenti Salome Zurabishvili esa iste’foga chiqishdan bosh tortmoqda. Mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga kelishi xavfi paydo bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring