Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Forbes: Yaqin Sharq — katta urush yoqasida

Forbes: Yaqin Sharq — katta urush yoqasida

Foto: RIA Novosti

Yaqin Sharqda katta urushga tayyorgarlik ketmoqda: bir tomonda — Isroil, ikkinchi tomonda — «Hizbulloh» harakati va Eron. Urushga Rossiya va AQSh qo‘shilishi mumkin. Forbes jurnali bosh muharriri Stiven Forbs shu haqda yozdi.

Uning aytishicha, Isroil, «Hizbulloh» va Eron o‘rtasidagi to‘qnashuv muqarrar. Bunday nizo tez kengayadi, potensial jihatdan unda nafaqat AQSh, balki Rossiya ham qatnashishi mumkin. Qolaversa, ushbu to‘qnashuv Xitoyni yanada agressiv harakatlarga undab, Pekin va Vashington o‘rtasidagi ziddiyatni keskinlashtirishi mumkin, dedi Forbs.

Forbsning nazarida, yaqin orada Livan janubida to‘qnashuvlar boshlanishi mumkin.

Avvalroq Isroil samolyotlari Livan janubidagi «Hizbulloh» obyektlariga hujum qilgandi. Xususan, raketa qurilmalariga zarba berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring