Yevropa sudi Apple`ga 13 milliard yevro to‘lash majburiyatini yukladi
Yevropa sudi Apple’ni Irlandiyaga 13 milliard yevro (taxminan 14 milliard dollar) miqdorida to‘lanmagan soliqlarni to‘lash majburiyatini qo‘ydi va sakkiz yillik sud kurashiga yakun yasadi.
Yevropa Komissiyasi dastlab Irlandiyani 2016-yilda Apple’ga noqonuniy soliq imtiyozlari berganlikda ayblagan edi.
Dublin doimiy ravishda o‘z harakatlarining qonuniyligini ta’kidladi, ammo sud prokuratura aybloviga hayrihoh bo‘lib chiqdi.
Yevropa sudiga ko‘ra, Apple kompaniyasining Irlandiyadan tashqarida joylashgan raqobatchilari bunday moliyaviy yordamni ololmagani uchun kompaniyaga berilgan soliq imtiyozlari noqonuniy deb topildi.
Apple matbuot xizmati bu borada hafsalasi pir bo‘lib, Yevropa Komissiyasi «qoidalarni retroaktiv tarzda qayta yozishga urinayotganini» aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter