Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo millionerlari Amirliklarga oqib kelmoqda

Dunyo millionerlari Amirliklarga oqib kelmoqda

Foto: Arabian Business

Birlashgan Arab Amirliklari qatorasiga uchinchi yil butun dunyodan eng boy odamlar ko‘chib kelayotgan mamlakatlar ro‘yxatida eng tepada joylashdi.

2024-yil oxiriga qadar BAAga turli davlatlardan 6 700 nafar millioner kelishi kutilmoqda, deyiladi Henley hisobotida. Bu mutlaq rekord!

Chunki millionerlarni ohanrabodek tortayotgan ikkinchi mamlakat — AQShga xuddi shu davrda 3 800 nafar millioner ko‘chib kelishi kutilyapti.

Va aksincha, Shveysariyaning UBS banki prognoziga muvofiq, 2028-yilga borib Buyuk Britaniyada millionerlar soni 17 foizga qisqaradi (BAA kabi mamlakatlarga ko‘chib ketish hisobiga). Britaniyadagi saylovda Leyboristlar partiyasi g‘alaba qozongani hamda soliqlar oshirilishi munosabati bilan kelgusida bu tendensiya yanada kuchayishi mumkinligi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring