Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga kelyapti

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga kelyapti

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron savdo, xavfsizlik va atrof-muhit bo‘yicha aloqalarni kengaytirish maqsadida Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga tashrif buyuradi.

Bu haqda The Independent nashri ma’lum qildi.

Devid Kemeron ayni paytda  Tojikistonda va u Dushanbeda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvda biznes, iqlim o‘zgarishi va terrorizmga qarshi kurash kabi muhim sohalarda hamkorlik qilish uchun «ko‘proq ishlar qila olishi» haqida to‘xtalgan.

Qayd etilishicha, uchrashuvlarda Tojikiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, suv va iqlim muammolarini hal etish, mehnat migratsiyasi, davlatlar o‘rtasidagi havo yo‘llarini diversifikatsiya qilish yo‘nalishida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, Kemeron mintaqa bo‘ylab yetakchilar bilan muzokaralar chog‘ida «sanksiyalardan qochish, inson huquqlari va islohotlar bo‘yicha muhokamalarni olg‘a siljitishga» intiladi.

Devid Kemeron Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, shu jumladan, O‘zbekistonga ham kelishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring