AQSh BMT Inson huquqlari kengashini tark etdi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (UNHRC) hamda BMTning falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA)dan chiqishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Trampning birinchi prezidentlik davrida ham AQSh BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashini tark etgandi. Tramp Kengashni Isroilga noxolis munosabatda hamda boshqa mamlakatlarda inson huquqlari buzilayotganiga ko‘z yumib kelishda ayblagan.
O‘tgan oyda Tramp Qo‘shma Shtatlarning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqishi to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter