Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni tikladi

AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni tikladi

Foto: Anadolu Ajansı

AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni tikladi. Bu Tramp prezident lavozimida ish boshlaganidan buyon harbiy yordam haqidagi birinchi xabardir, deb yozdi Reuters

Agentlik manbasiga ko‘ra, AQSh prezidentining ma’muriyati qurol ta’minoti to‘xtatilib keyin yana davom ettirila boshlanganini rasman tan olish-olmasligi hozircha noma’lum.

Tramp prezident bo‘lganidan buyon Kiyevga qurol yetkazilishi to‘g‘risida bayonot berilmagan, biroq sobiq prezident Jo Bayden ruxsat etgan qurol ta’minoti davom etishi va bir necha oyga cho‘zilishi taxmin qilinayotgandi, deyiladi Reuters xabarida.

Inauguratsiyaning ertasiga, 21-yanvar kuni Tramp Kiyevga qurol yetkazish masalasi ayni paytda muhokamada ekani haqida bayonot bergandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring