Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Adashmaydigan prognozchi» AQSh prezidentligi saylovida kim yutishini aytdi

«Adashmaydigan prognozchi» AQSh prezidentligi saylovida kim yutishini aytdi

Allan Lixtman.

Foto: Apostrof

Amerikalik tahlilchi, professor Allan Lixtman bo‘lg‘usi prezidentlik saylovida demokratlar vakili Kamala Harris g‘alaba qozonishiga ishonmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Ekspert o‘zi matematik Vladimir Keylis-Brok bilan birgalikda ishlab chiqqan «Oq uyga 13 kalit» formulasi asosida prognozni shakllantirdi. Bu usul 13 savoldan iborat, ularga «ha» yoki «yo‘q» deb javob berish kerak. Agarda 6 yoki undan ortiq savolga «ha» javobi berilsa, unda amalda hukumat tepasida turgan partiya vakili saylovda g‘olib chiqadi.

«13 kalit» iqtisodiyot, egallab turgan lavozim, ijtimoiy to‘lqinlar va mojarolar, qolaversa, nomzodlar xarizmasi (jozibasi) kabi omillarni o‘z ichiga oladi.

«Harris g‘alaba qozonadi. 8 ta «ha» 5 ta «yo‘q»qa qarshi», — deb yozgan Lixtman yakuniy prognozni Demokratlar partiyasining qurultoyidan so‘ng, avgustda berishini ham qo‘shimcha qildi.

E’tiborli tomoni, Allan Lixtman 1984-yildan hozirgacha AQSh prezidentligi uchun saylovlarning to‘qqiztasi natijasini oldindan topgan.

Xususan, 2020-yili u Tramp Oq uy uydan ketishini, ya’ni Bayden zafar qozonishini oldindan aytgandi.

Uning formulasi 2024-yilda ham Bayden Tramp ustidan g‘alaba qozonishini ko‘rsatayotgandi, ammo Bayden kurashdan chiqib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring