Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xiaomi 15 flagmani 2-mart kuni global bozorga chiqariladi

Xiaomi 15 flagmani 2-mart kuni global bozorga chiqariladi

Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi o‘z flagman smartfonlari turkumi — Xiaomi 15 global miqyosda taqdim etiladigan sanani rasman e’lon qildi. Bu haqda GizmoChina xabar berdi.

Taqdimot 2025-yilning 2-mart kuni Barselonadagi MWC ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladi.

Yangi turkumdan standart Xiaomi 15 hamda foto olish imkoniyatlari kuchaytirilgan Xiaomi 15 Ultra smartfoni o‘rin olgan.

Hozircha mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 15 Ultra smartfonida 200 megapikselli periskopik teleob’yektiv (4,3 karra optik zumga ega) va asosiy Sony LYT-900 sensori o‘rnatilgan, natijada yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoit va zumdan foydalanganda tasvir sifati yuqoriligi ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun: standart Xiaomi 15 smartfoni 2024-yil oxirida Xitoyda taqdim etilgan. Qurilma 6,36 dyuymli OLED-displey (yangilanish tezligi — 120 Gs), Snapdragon 8 Elite protsessori, 5400 mAs sig‘imli akkumulyator (quvvatlash texnologiyasi — 90 Vt)ga ega. Smartfonning global versiyasida 12 GB operativ xotira va 512 GB ichki xotira ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring