OpenAI smartfonlar o‘rnini egallovchi qurilma chiqaradi
OpenAI rahbari Sem Altman Apple kompaniyasining sobiq dizayneri Joni Ayv bilan hamkorlikda odatiy smartfonlar o‘rnini egallashi kutilayotgan sun’iy intellektli qurilma yaratishga kirishilganini ma’lum qildi. Bu haqda Android Authority xabar berdi.
Sun’iy intellekt kompyuterlar bilan aloqaga yondashuvlarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va kelajakda ovoz foydalanuvchi interfeysining asosiy vositasiga aylanadi. Ishlab chiqilayotgan qurilma ovoz yordamida boshqariladi, dedi Altman.
Bunday qurilmalar oldin ham ishlab chiqarilgan, biroq ommalashmagan, sun’iy intellektga asoslangan Humane AI Pin va Rabbit R1 shular jumlasiga kiradi. Turli shakl va funksiyalarda taqdim etilgan sun’iy intellektli qurilmalar mavjud, ammo OpenAI mutlaqo o‘ziga xos qurilma taklif etishi kutilyapti.
Altmanning aytishicha, bu qurilmaning ish unumdorligini va quvvat tejamkorligini ta’minlash uchun kompaniya o‘z mikrochiplarini ishlab chiqaradi.
Yangi qurilma dizayni va qanday funksiyalarga egaligi hozircha sir tutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter