Qaysi smartfonlar qimmatbaho sanaladi va nega ularga talab oshmoqda?

Jahon smartfonlar bozorida iste’molchilar qiziqishi qimmatbaho telefonlar tomonga og‘moqda. 2024-yilda sotilgan har to‘rtinchi telefon premium toifaga mansub, deyiladi Counterpoint Research (CR) agentligi hisobotida.
Holat qimmatbaho smartfonlar nisbatan sifatli ekani hamda ishlab chiqaruvchi tomonidan yangilanishlar ko‘proq taqdim etilishi bilan izohlanadi. Uzoq istiqbolda aynan qimmat telefon pulni tejaydi, ya’ni arzonning sho‘rvasi tatimas...
CR tahlilchilariga ko‘ra, ulgurji narxi 600 dollardan oshuvchi smartfonlar premium toifaga kiradi. Ularning kuzatishicha, premial telefonlar ulushi 2020-yildagi 15 foizdan 2024 yilda 25 foizga yetgan.
Aksariyat smartfonlarini 600 dollardan qimmat sotuvchi Apple — premium qurilmalar bozori yetakchisi, uning bozordagi ulushi — 66 foiz. Keyingi o‘rinlarda — Samsung (18 foiz) va Huawei (7 foiz).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter