Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurbek Alimov

Oz narsani qurbon qilgan odam, oz narsaga erishadi. Ko‘p narsani xohlagan odam esa ko‘proq narsadan voz kechishi kerakligini biladi.

«Gruppaga odam qo‘sh va pul ishla»

«Gruppaga odam qo‘sh va pul ishla»

Foto: vestivrn.ru

Do‘stlar, hozirgi paytda internet firibgarlar bolalab, urchib ketgan. Bugun sizlarga shunday bir sxema haqida gapirib bermoqchiman, do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ham ulashing, ayniqsa, yoshi katta insonlarga.

Xullas, hozir «Gruppaga odam qo‘sh va pul ishla» degan usul bor, ko‘pchilik ko‘rgan bo‘lsa kerak. Aslida bu g‘irt firibgarlar tomonidan ishlatiladigan yengil sxema. Siz gruppaga odam qo‘shasiz va biroz o‘tib sizga «Gruppa Admin» degani yozadi. «Siz gruppaga odam qo‘shganingiz uchun falon summa yutib oldingiz, karta raqamingizni yuboring» deydi. Karta raqamdan keyin kartangizni amal qilish muddatini ham so‘raydi (eng qizig‘i pul o‘tkazish uchun bu muddat umuman kerak emas) undan keyin esa, sizdan telefoningizga kelgan kodni so‘raydi. Agar mana shu kodni ham bersangiz tamom, hisobingizda bor pullar bilan xayrlashavering.

Quyidagi rasmda real vaziyat aks etgan, firibgarning gapini qarang: «innovatsion yangi loyiha» emush. Bir ukamiz ham bir pasda karta raqamini tashlab bergani ham kulgili.

Nima qilish kerak?

Birinchi navbatda, shunday xat kelsa, uni yozgan odamning profiliga kiring, rasmlari bo‘lsa saqlab oling, telefon raqami chiqsa (reallikdan yiroq) saqlab oling, nikneymini ham. Keyin javob berishdan oldin o‘ylang, qanday tanlovda qatnashgan edim deb. «Odam qo‘sh va pulli bo‘l» kabi loyihalar absolyut fars. FIRIBGAR! Hech qachon plastik karta raqamingizni ham va ayniqsa, kartangizga ulangan telefon raqamiga keladigan kodni bermang!

Bundan tashqari, men faloncha pul topdim siz ham shunday boy bo‘lishni xohlaysizmi deb boshlangan har qanday reklama va videolar bu – firibgarlardir. Hech kim o‘zini gullab yashnayotgan biznesini birov bilan bo‘lishmaydi. Laqma bo‘lmang!

O‘ylashingiz mumkin, buni bilaman men deb. Lekin bilmaganlar ko‘pligi va shu firibgarlar odamlarning pullarini real o‘g‘irlashayotgani bois ham ko‘payib ketishdi oxirgi vaqtlarda.

Demak, laqmalar bor, tabiiyki ularni chuv tushiradigan firibgarlar topiladi. Bu narsada banklarning aslo aybi yo‘q. Hamma ayb sizning o‘zingizda bo‘ladi. Bunday jirkanch insonlarni joyi esa, albatta, qamoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar shularga nisbatan yanada kuchli kurash olib borishadi, degan umiddamiz. Ammo sen ham ziyrak bo‘l, do‘stim. O‘z pulingni o‘zing asra!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring