Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz abonentlari soni 7,7 milliondan oshdi

Mobiuz abonentlari soni 7,7 milliondan oshdi

Samarali marketing siyosati tufayli mobil operatorning abonent bazasi yil davomida 700 mingga oshdi.

O‘z faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash doirasida Mobiuz asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha materiallarni chop etishda davom etmoqda. Texnik rivojlanishga oid birinchi material bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Mobiuz mobil operatori uzoq muddatli rivojlanish rejalarini amalga oshirishda davom etmoqda. O‘tgan yil davomida kompaniya ommabop va e’tirofga sazovor bo‘lgan tarif rejalari, xizmat va servislarini joriy qildi.

Jumladan, «Xotirjam» (cheksiz ijtimoiy tarmoqlarga ega) va «Jozibali» (megabaytlari ko‘paytirilgan) tarif rejalari, cheksiz ijtimoiy tarmoqlar opsiyasi, barcha toifadagi chiroyli raqamlarga chegirmalar, «Xotirjam» tariflariga ulanishda 100 000 megabayt bonus taqdim etish aksiyasi, sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan «MOBImania» aksiyasi va boshqalarni misol keltirish mumkin.

Cheksiz mahsulot va xizmatlar joriy etilgani, shuningdek, Mobiuz minglab tayanch stansiyalarni ishga tushirgani internet-trafik o‘sishiga olib keldi. 2023 yil oxiriga kelib, kompaniyaning o‘rtacha abonenti oyiga 15 000 MB sarflay boshladi (MBoU ko‘rsatkichi). Bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda. E’tiborlisi, Internet-trafikning deyarli 89 foizi 4G tarmoqlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Mobiuz mijozlarga xizmat ko‘rsatish masalasi ham katta e’tibor bermoqda. 2023 yilda call-markazning 0890, 0990, (+998) 97 1300909 raqamlariga 15 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan. So‘nggi bir yil ichida mygov.uz portali va kompaniyaning rasmiy www.mobi.uz sayti orqali eSIMni onlayn ulash xizmatlari joriy etildi.

Kompaniyaning respublika bo‘ylab 41 ta ofisi faoliyat olib bormoqda. 2023 yilda Toshkent (Yunusobod dehqon bozori (Universam), Navoiy (Navoiy viloyati) va Chinoz (Toshkent viloyati) shaharlarida yangi ofislar ochildi. Ta’mirlash va rekonstruksiya ishlaridan so‘ng kompaniyaning Termiz shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazi va Denov shahrida (Surxondaryo viloyati) ofis foydalanishga topshirildi. Yil yakuniga ko‘ra respublikadagi Mobiuz dilerlik shoxobchalari soni 2560 tadan oshdi.

2023 yilda Mobiuz mobil ilovasiga katta e’tibor qaratildi va endi abonentlar deyarli barcha mahsulot va xizmatlarni ilova orqali boshqarishi mumkin. Shuningdek, abonentlar o‘nlab xizmatlar uchun haq to‘lash va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Natijada, Mobiuz mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 1,3 millionga yetdi.

MobiCinema onlayn televideniye va kino xizmatining narx siyosati va shartlari qayta ko‘rib chiqildi. MobiMusic xizmatining ishlashi yaxshilandi.

O‘tgan yili operator abonentlar uchun masofaviy xizmatlarni ko‘rsatishni boshladi va bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari eSIMni www.mobi.uz rasmiy veb-sayti yoki mygov.uz portali orqali ofisga bormasdan, masofadan turib sotib olishlari mumkin.

Mobiuz rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha navbatdagi material yaqin kunlarda pr.mobi.uz saytida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring