Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei Partner Summit 2024» – hamkorlikni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish yo‘lida

«Huawei Partner Summit 2024» – hamkorlikni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish yo‘lida

2024 yil 24 iyul kuni O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi yillik Hamkorlik sammitini o‘tkazdi. Tadbirning tashkil etilishi Huawei kompaniyasining innovatsiyalarga sodiqligining yana bir ifodasi bo‘lib, asosiy e’tibor turli sohalarda raqamli transformatsiyani amalga oshirish uchun AKT yechimlariga qaratildi.

Sammitning «Joining Hands for a Shared Era» («Umumiy davr uchun birlashish») mavzusi hamkorlar ekotizimini barpo etish maqsadlarini amalga oshirishni namoyish etadi. Ishtirokchilar Huawei kompaniyasining kampus tarmoqlari aqlli sinflar uchun videokuzatuv tizimlari va AKT infratuzilmasi, ma’lumotlar tarmoqlari, bulutli texnologiyalar, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va Wi-Fi bo‘yicha texnologik yechimlari asosida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida moliya sektori, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarishda raqamli transformatsiyalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha qarashlari va takliflari bilan tanishdi.
Huawei kompaniyasining turli hamkorlik dasturlari va bozor uchun yangi qadriyatlarni yaratish bilan ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ochiq niyati hamkorlar e’tiborini jalb qildi.



O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi bosh direktori Chen Szyakay o‘zining ochilish nutqida shunday dedi: «Har yili o‘tkaziladigan Hamkorlik sammitimiz O‘zbekiston bo‘ylab raqamli transformatsiyani rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlashga sodiqligimizning dalilidir. Biz bulutli hisoblash, sun’iy intellekt va innovatsiyalar kabi ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishni jadallashtirish tarafdorimiz, ular jamiyatni o‘zaro bog‘langan, aqlli dunyoga olib boradi. Bizning hamkorlarimiz esa bu g‘oyani amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi».

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Huawei hamkorlik sammiti soha yetakchilari, strategik hamkorlar, internet texnologiyasi sohasi rivojlanayotgan biznes muhitining muhim ishtirokchilari, shuningdek, mamlakatimizning IT sohalariga ega oliy ta’lim muassasalari vakillarini birlashtirdi. Kompaniya ilg‘or biznes yechimlarini taqdim etish orqali ekotizim hamkorligiga doimiy sodiqligini yana bir bor namoyish etdi. Tadbir davomida ta’lim, ishlab chiqarish, moliya sohalarida raqamli transformatsiyaning muvaffaqiyati tarixiga bag‘ishlangan maxsus sessiyalar o‘tkazildi va hamkorlarning soha rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi qayd etildi.



«MAX VOLUME GENERAL TRADING LLC» kompaniyasi axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori Arsen Kurtseitov Huawei bilan hamkorlikning muvaffaqiyatlari haqida shunday dedi: «Huawei ko‘plab loyihalarda bebaho hamkor bo‘lib kelgan. Kompaniyaning innovatsiyalarga sodiqligi bizga mijozlarimiz uchun ilg‘or texnologik yechimlarni qo‘llash imkonini beradi. Texnologiyaning ishonchliligi va miqyosi muvaffaqiyatga erishishda muhim rol o‘ynadi. Bundan tashqari, Huawei kompaniyasining qadriyatlarni chuqur tushunishi va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvi har doim mijozlarimizning ehtiyojlariga aniq javob berishini ta’minlaydi».

200 ga yaqin ishtirokchini birlashtirgan sammit maqsadli aloqalar o‘rnatish, qo‘shma loyihalarni muhokama qilish va asosiy manfaatdor tomonlar o‘rtasida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘ldi.



Tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada Huawei, shuningdek, kampus tarmoqlari, ma’lumotlar markazlarini virtualizatsiya qilish, intellektual video yechimlar va IP-tarmoq texnologiyalari sohasidagi ilg‘or ishlanmalar va amaliyotlarni taqdim etdi. Kichik va o‘rta biznes va yakuniy mijozlar uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulotlarni taklif qiluvchi yangi subbrend bo‘lgan «HUAWEI eKit» taqdimoti muhim voqea bo‘ldi.

Sammit O‘zbekistonda raqamli hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shgan hamkorlarni taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.

Huawei O‘zbekistonda 25 yildan buyon faoliyat yuritib, AKT infratuzilmasini faol ravishda mustahkamlab, barcha tarmoqlar va tashkilotlarning yanada moslashuvchan, samarali va dinamik bo‘lishiga yordam berish uchun ilg‘or texnologiyalar va raqamli platformalarni joriy qilmoqda. Huawei, shuningdek, mahalliy iste’dodlarni rivojlantirishga, hamkorlar, AKT mutaxassislari va yosh iste’dodlar uchun keng ko‘lamli ta’lim treninglarini taqdim etishga katta e’tibor beradi. Huawei o‘zining «Seeds for the Future» korporativ ijtimoiy mas’uliyat tashabbusi orqali Raqamli O‘zbekistonning yosh yetakchilari va tadbirkorlarini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Shu yilning avgust oyida O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodan kelgan ishtirokchilar uchun Toshkent shahrida 150 dan ortiq talabalarni birlashtirgan «Seeds for the Future 2024» mintaqaviy dasturini o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring