Raqobat qo‘mitasi 30 ga yaqin veb-saytni blokladi
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlarning 30 ga yaqini bloklandi.
Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda, bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha AOKAga takliflar kiritilgan bo‘lib, shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.
«Qo‘mita tomonidan bu yo‘nalishdagi monitoring ishlari tizimli davom ettirilmoqda», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter