Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi. O‘zbekistondan qaysi universitet yuqori natijani qayd etdi?

Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi. O‘zbekistondan qaysi universitet yuqori natijani qayd etdi?

Britaniyaning nufuzli reyting agentligi Times Higher Education jahon universitetlarining yangi reytingini e’lon qildi.

Ketma-ket to‘qqizinchi yil ham Britaniyaning Oksford universiteti o‘z yetakchiligini saqlab kelmoqda, ammo umumiy manzara doimo o‘zgarib turadi. Shunday qilib, bu yil kuchli 200 talikka uchta yangi davlat kirdi: Braziliya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari.

Mutaxassislar 115 mamlakatdan 2092 ta universitetni tahlil qilishdi.

Buning uchun ular beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 18 ta ko‘rsatkichdan (shu jumladan o‘qitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar bilan o‘zaro aloqada) foydalanganlar, 18 million ilmiy nashrlar va 157 million iqtiboslarni o‘rgandilar, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab 93 ming olimlar bilan suhbatlashdilar.

Ushbu reytingda O‘zbekistondan «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti eng yaxshi natijani qayd etdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga «TIQXMMI» matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov xabar berdi.

THE World University Ranking-2025 natijalariga ko‘ra, «TIQXMMI» milliy tadqiqot universiteti 43.2 ball bilan dunyo universitetlari xalqaro reytingida TOP-601 o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari bo‘yicha TOP-2 o‘rinni, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-1 o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring