Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fizika bo‘yicha 2024 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

Fizika bo‘yicha 2024 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

Neyron tarmoqlarni o‘rgangan amerikalik Jon Jozef Xopfild va britaniyalik Jeffri Xinton fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘ldi.

Ular fizika vositalaridan zamonaviy kuchli mashina ta’limining asosi bo‘lgan usullarni ishlab chiqish uchun foydalanganlar.

Jon Xopfild (AQSh) ma’lumotlardagi tasvirlar va boshqa turdagi naqshlarni saqlashi va qayta qurishi mumkin bo‘lgan assotsiativ xotirani yaratdi. Jeffri Xinton (Kanada) ma’lumotlardagi xususiyatlarni avtonom tarzda topadigan va shu tariqa tasvirlardagi muayyan elementlarni aniqlash kabi vazifalarni bajaradigan usulni ixtiro qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring