Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi 41 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi 41 mlrd dollardan oshdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentyabr oyida 1,98 milliard dollarga oshgan holda 41,14 milliard dollarni (+5 foiz) tashkil etmoqda. Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik ma’lumotlarning butun davri uchun navbatdagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Zaxiralarning valyuta qismi 518,3 mln dollarga ko‘paygan va 8 mlrd 709,6 mln.dollarni tashkil etgan.

Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi biroz qisqargan va 12,02 mln unsiyadan (-0,02) iborat bo‘lmoqda.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, ishlab chiqarish hajmi inobatga olinsa, oy davomida 300-350 ming unsiya yoki 790-920 mln dollarlik oltin sotilgan bo‘lishi mumkin. Oltinning keskin qimmatlashuvi hisobiga zaxiralardagi oltinning puldagi qiymati 1 mlrd 463,2 mln dollarga oshib, 31 mlrd 860,3 mln dollarga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring