Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni yana bir futbol yulduziga ko‘z tikmoqda

Saudiya Arabistoni yana bir futbol yulduziga ko‘z tikmoqda

Saudiyaning «Al-Ittihod» futbol klubi Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzemaga  har bir mavsumga 100 million yevrodan ikki yillik shartnoma taklif qildi.

Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano Tvitterda xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saudiya klubi rahbariyati yaqin orada hujumchidan javob kutmoqda. Benzema bu haqda «Real» prezidenti Florentino Peresni xabardor qilgan.

Benzema Madridda 2009 yildan beri to‘p suradi. Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida tugaydi. Agar shartnoma uzaytirilmasa, Benzema erkin agentga aylanadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring