Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karim Benzema «Chelsi»ga o‘tishi mumkin

Karim Benzema «Chelsi»ga o‘tishi mumkin

«Al-Ittihod» klubining fransiyalik futbolchi Karim Benzema faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

ESPN xabariga ko‘ra, Benzema «Al Ittihod»dan yanvardagi transfer oynasida ketish haqida o‘ylamoqda. 36 yoshli forvard barcha musobaqalarda 24ta o‘yinda 15ta gol urganiga qaramay, Saudiya Arabistonidagi faoliyatidan norozi. Bir qator manbalarda aytilishicha, fransiyalik futbolchi yig‘inga kelmagani uchun bosh murabbiy tomonidan chetlashtirilgan.

Hujumchining o‘zi esa tropik siklon oqibatlari tufayli Mavrikiy orolidan ucha olmaganini ta’kidlamoqda. Benzema imkon qadar tezroq jamoaga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda «Al-Ittihod» Dubayda yig‘in o‘tkazyapti.

ESPN nashriga ko‘ra, 2022 yilgi «Oltin to‘p» sohibiga Premer-liganing bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda va Benzema bilan shartnoma tuzish uchun birinchi nomzod «Chelsi» hisoblanadi. O‘z navbatida, «Al-Ittihod» ham fransiyalik futbolchini sotish yoki ijaraga berishni istamayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring