Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neymar — Namanganga, Benzema — Olmaliqqa keladi

Neymar — Namanganga, Benzema — Olmaliqqa keladi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo Chempionlar Ligasida G‘arb mintaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlandi va unda O‘zbekistonning 4 klubi ham o‘z raqiblarini bilib olishdi.

«Paxtakor» nisbatan oson guruhdan o‘rin oldi. «Nasaf»ga o‘tgan yilgi raqibi «As Sadd» tushdi. «Navbahor» Neymar va Bunusi bor «Al Hilol», OKMK Benzema va Kantesi bor «Al Ittihod» bilan to‘qnash keladi.

A guruhi

«Paxtakor» (O‘zbekiston)

«Al Fayha» (Saudiya Arabistoni)

«Ahal» (Turkmaniston)

«Al Ayn» (BAA)

V guruhi

«As Sadd» (Qatar)

«Nasaf» (O‘zbekiston)

«Al Faysali» (Saudiya Arabistoni)

«Sharja» (BAA)

S guruhi

«Al Ittihod» (Saudiya Arabistoni)

«Sipoxon» (Eron)

«Eyr Fors» (Iroq)

OKMK (O‘zbekiston)

D guruhi

«Al Hilol» (Saudiya Arabistoni)

«Nassaji Mozandoron» (Eron)

«Mumbay Siti» (Hindiston)

«Navbahor» (O‘zbekiston)

Ye guruhi

«Persepolis» (Eron)

«Duhayl» (Qatar)

«Istiqlol» (Tojikiston)

«An Nasr» (Saudiya Arabistoni)

Ma’lumot uchun, guruh bosqichi 6ta turdan iborat bo‘ladi va 18 sentyabrda boshlanib, 5 dekabrda tugaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring