Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Benzema «Al Ittihod» murabbiyi bilan kelishmay qoldi

Benzema «Al Ittihod» murabbiyi bilan kelishmay qoldi

«Al Ittihod» hujumchisi Karim Benzema jamoaning so‘nggi mashg‘ulotida ko‘rinish bermadi. Bu haqda «Asharq Al-Aswat» xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 35 yoshli fransiyalik futbolchi bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu bilan kelishmovchilikka bordi. Ma’lumotlarga qaraganda, mutaxassis rahbariyatdan yulduz forvard bilan shartnoma imzolashni so‘ramagan.

Benzema shu yozda «Al Ittihod»ga o‘tdi. U 2 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring