Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parij-2024: Sena suvi ifloslangani bois suzish mashqlari bekor qilindi

Parij-2024: Sena suvi ifloslangani bois suzish mashqlari bekor qilindi

Foto: Reuters

Parij Olimpiadasida triatlonchilarning ikkinchi suzish mashqlari Sena daryosi suvining sifati yomonligi bois bekor qilindi. Bu haqda Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi, Xalqaro triatlon federatsiyasi va mahalliy hokimiyat suzish qismni bekor qildi. Suvning sifat darajasi yetarlicha kafolat bermaydi», — deyiladi xabarda.

Olimpiada arafasida Sena daryosini tozalashga juda katta e’tibor qaratilgan edi. Bu yerda qilingan ishlarni ko‘rsatish va suv tozalanganini isbotlash maqsadida 17-iyul kuni Parij meri Ann Idalga cho‘milish uchun suvga tushgandi. Olimpiadaning ochilish marosimi ham Senada o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring