Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paralimpiya rekordini yangilagan Asila Mirzayorova oltin medalga sazovor bo‘ldi

Paralimpiya rekordini yangilagan Asila Mirzayorova oltin medalga sazovor bo‘ldi

Hozirgina para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bellashuvlari yakunlandi.

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova 5.24 metr natija qayd etgan holda Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ushbu yo‘nalishda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Qayd etish lozimki, ushbu yo‘nalishda avvalgi Paralimpiya o‘yinlari rekordi 1996 yil Atlantada o‘tkazilgan o‘yinlarda o‘rnatilgan. 28 yil avvalgi rekord ispaniyalik Ortiz Ochistkaga tegishli edi - 5,07 m.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring