Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident paralimpiyachi chempionlarimizni telefon orqali tabrikladi

Prezident paralimpiyachi chempionlarimizni telefon orqali tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Parij Paralimpiadasida qatnashayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi kecha hisobidagi oltin medallar sonini 10 taga yetkazib, tarixdagi eng yaxshi natijasini yangiladi. O‘z g‘alabalari bilan ushbu tarixiy natijaga hissa qo‘shgan yengil atletikachilarimiz Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yo‘ldoshev bilan bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev telefon orqali suhbatlashdi va ularni dildan tabrikladi.

«Tinimsiz kuzatib boraman faoliyatingni. Olimpiya shaharchamizda qurilishni boshlaganimizda «Paralimpiadadan oltin bilan kelaman», degan yoqimli so‘zlaring esimda. Bu nimadan dalolat? Tinimsiz harakat, irodali intilishlaring bilan tobora o‘sib boryapsan. Bergan va’dangni ortig‘i bilan bajarding», — deya Shavkat Mirziyoyev bir yo‘la jahon rekordini o‘rnatgan va uni yana yangilagan Nurxon Qurbonovani tabrikladi.

«Bir necha kun oldin yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medalini olgan eding. Ikki sport turi bo‘yicha ikkita yuksak natija — bu chinakam jasorat. Bu yutuqlar mashaqqatli mehnatlaring, tinimsiz mashqlaring, to‘plagan boy mahorating mevasidir», — dedi Prezidentimiz Tolibboy Yo‘ldoshev bilan suhbatda.

Chempion paralimpiyachilarimiz bu yutuqlar o‘z-o‘zidan bo‘lmagani, davlatimiz rahbarining paralimpiya harakatiga qaratayotgan e’tibori va ishonchi tufayli erishilayotganini ta’kidlab, o‘z nomidan, murabbiylari va ota-onasi nomidan minnatdorlik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring